Futzal bo‘yicha Vazir kubogi musobaqasi o‘tkaziladi
2026-06-02 16:15:00 / E’lonlar
2026-yilning 6-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlari o‘rtasida futzal bo‘yicha Vazir kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Turnir Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi TATU sport kompleksida soat 09:00da boshlanadi.
Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 108-uy (TATU sport kompleksi). Metroning Bodomzor bekati.
