“Zamonaviy muzeylar va raqamli fondlar: innovatsion boshqaruv strategiyalari” mavzusida respublika seminari boʻlib oʻtdi
2026-05-26 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat muzeylari va muzey-qoʻriqxonalarning rahbar va mutaxassislari, ilmiy xodimlar, fond saqlovchilari hamda soha ekspertlari, jumladan “Geologiya muzeyi” DM rahbariyati qatnashdi.
Seminar ishtirokchilari muzey faoliyatida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, raqamli fondlarni yuritish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdi.
Davlat geologiya muzeyi zamonaviy interaktiv texnologiyalarni samarali joriy etgani, tashrif buyuruvchilar uchun innovatsion va qiziqarli muzey muhitni yaratgani, madaniy maʼrifiy xizmatlar sifatini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun “Eng interaktiv muzey” nominatsiyasi boʻyicha diplom bilan taqdirlandi.




