Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-06-01 16:15:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazirning o‘rinbosari R. Yusupov ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 4-iyun kuni soat 15:00 da Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Dahbed ko’chasi, 32-uy, Samarqand viloyati Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir. Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
