Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi eng namunali vazirlik deb topildi
2026-05-22 19:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida resurslarni boshqarish bo‘yicha eng namunali vazirlik sifatida e’tirof etildi.

Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida vazirlikka ajratilgan mablag‘lar yangi konlarni qidirib topish va sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgani, geologiya qidiruv ishlarida suv sarfi 20 foizga qisqartirilgani, asosiy konchilik uskunalarining mahalliylashtirish darajasi 84 foizga yetkazilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirlik boshqarma boshlig‘i Maqsud Bolibekov eng namunali rahbar deb e’tirof etildi.



