Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston CRM loyihasini ishga tushirish doirasidagi start yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-05-19 17:15:00 / Yangiliklar

EuroGeoSurveys — Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK), Chexiya Geologiya xizmati (ČGS), Fransiya Geologiya xizmati (BRGM), Polsha Milliy geologiya ilmiy-tadqiqot instituti (PGI-NRI), Germaniyaning Federal geologiya fanlari va tabiiy resurslar instituti (BGR), shuningdek Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokidagi yig‘ilishni vazir o‘rinbosari R.Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM hamda “Mineral resurslar instituti” DM xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirning birinchi kunida ishtirokchilar tomonidan DATA4CRM loyihasini amalga oshirish mexanizmlari, O‘zbekistonda CRM bilan bog‘liq ilmiy salohiyat, geoma’lumotlar fondi, amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.





