18-may — Xalqaro muzeylar kuni
2026-05-18 17:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni kuni munosabati bilan “Geologiya muzeyi” DMda Ochiq eshiklar kuni hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil qilindi.

Tadbirda Geologiya kampusidagi korxona va tashkilotlar xodimlari, davriy matbuot nashrlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, radiojurnalistlar ishtirok etishdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati hamda markaziy apparat xodimlari ham muzeydagi ekspozitsiyasi, u yerdagi noyob geologik namunalar, minerallar, tog‘ jinslari hamda mamlakatimiz geologik tarixini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishdilar.







