“Yashil makon” umummilliy loyihasi: Bo‘stonliq tumanidagi “Vazirlik bog‘i”
2026-05-18 15:15:00 / Yangiliklar
Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan yashil hududlar maydonlarini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, vazirlik va uning tizimosti korxonalari tomonidan 2023-yilda Boʻstonliq tumanining togʻoldi hududida 65 gektar yer maydonda turli xil mevali ko‘chatlardan iborat “Vazirlik bogʻi” barpo etildi.
O‘tgan davr ichida mazkur maydonda ko‘chatlarni parvarishlar ishlari amalga oshirilib, 2 ta 300 tonna suv sig‘imli hovuz barpo etgan holda ko‘chatlarni tomchilatib sugʻorish tizimi yoʻlga qoʻyildi va mazkur tizim elektr energiyasi bilan taʼminlandi.
Vazirlik va O‘rmon xo‘jaligi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda sug‘orish tizimlarini ishlashi hamda ko‘chatlarni rivojlanish holati o‘rganildi.






