“Navoiyuran” DK va Mineral resurslar instituti hamkorligi: korxona vakillari institutning Olmaliqdagi tajriba-sinov markazida bo‘lishdi
2026-05-15 12:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Navoiyuran” DK va “Mineral resurslar instituti” DM o‘rtasida amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy hamkorlik doirasidagi ishlar holati, Koscheka va Ma’danli konlari rudalari bo‘yicha bajarilgan tadqiqot natijalari muhokama qilish hamda keyingi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, qora slanets turidagi ma’danlarni kompleks qayta ishlash, xususan, uran, vanadiy, mis va reniyni ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish, shuningdek, Koscheka va Ma’danli konlari ma’danlarini uyumda tanlab eritish bo‘yicha yiriklashtirilgan laboratoriya tadqiqotlari yuzasidan fikr almashildi.
Olmaliq tajriba-sinov va geoinnovatsion texnologiyalar markazida olib borilayotgan tajriba-sinov ishlari, laboratoriya imkoniyatlari va amaliy tadqiqotlar jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Mavjud natijalar tahlil qilinib, ishlab chiqarish-texnik masalalar bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.





