“Liderlik va innovatsiyalar” forumi o‘tkazildi
2026-05-14 15:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Geologiya fanlari universiteti hamkorligida “Liderlik va innovatsiyalar” forumi tashkil etildi. Tadbirda davlat va xususiy sektor rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Forumda Amsterdam erkin universiteti professori, tashkiliy xulq-atvor va liderlik bo‘yicha mutaxassis S.Xapova tomonidan zamonaviy liderlik, tashkilotlarda ochiqlik madaniyati, qaror qabul qilishdagi psixologik omillar hamda innovatsion yondashuvlar haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, sessiyalar davomida tashkilotlarda “sukut madaniyati”, yashirin risklar, jamoalarda psixologik xavfsizlik muhiti hamda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Xalqaro tajriba asosida boshqaruv va liderlikning yangi yondashuvlari muhokama qilindi.
Forum ishtirokchilari uchun netvorking, tajriba almashish va xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniyatlari yaratildi.









