OKMK xalqaro “Copper Mark” va “Molybdenum Mark” sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
2026-05-13 15:15:00 / Yangiliklar
“OKMK“ AJga “Copper Mark” tashkiloti tomonidan The Copper Mark va The Molybdenum Mark xalqaro sertifikatlari taqdim etildi.

Mazkur sertifikatlar kombinatning jahon miqyosida mas’uliyatli mis va molibden ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yuritayotganini hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
OKMK MDH mamlakatlari orasida ushbu sertifikatlarni qo‘lga kiritgan birinchi korxona bo‘ldi.
Jarayon davomida kombinat xalqaro audit tomonidan 32 ta mezon asosida baholanib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy xulosaga ega bo‘ldi.


