SLBning Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-05-12 17:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 12-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirning birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, tegishli bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda Schlumberger kompaniyasining (SLB) Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Lindsi Lomas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar SLB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimida professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar, kelgusida amalga oshiriladigan bir qator loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda sohani raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ishlarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

