Respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi amalga oshirilmoqda
2026-05-12 14:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgidrogeologiya” DM tomonidan xavfli ekzogen geologik jarayonlar monitoringi, respublikaning togʻ va togʻoldi hududlarida joylashgan 732 ta obyektlarda “Yuqori tayyorgarlik holati ish rejimi”da olib borilmoqda.

Monitoring natijalariga ko‘ra respublikada jami 55 ta xavfli ekzogen geologik jarayonlar: 27 ta yer koʻchkisi, 5 ta qulash, 8 ta koʻchki yoriqlari va 15 ta boshqa jarayonlar kuzatildi.
Yer ko‘chkisi xavfi mavjud aholi xo‘jaliklari xavfsizligini ta’minlash, xoʻjalik uylarini yogʻingarchilik mavsumida vaqtinchalik xavfsiz hududlarga koʻchirish, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega va boshqa obyektlarda yer ko‘chkilari xavfidan ogohlantirish, ularga qarshi himoya chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar taqdim etilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldi olindi, mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.






