OKMKda yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
2024-07-15 10:55:00 / Yangiliklar

Ularni qayta eritish, mayda zarralarga bo‘lib olishda zargarlarda yo‘qotishlar va oshiqcha xarajatlar bo‘lar edi. Taklif etilayotgan tilla va kumush granulalari zargarlarga mahsulot tannarxini tushirishda, mahsulot sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zargarlik sanoatida yetakchi ishlab chiqaruvchilarning asosiy talabi ham oltinning granula shaklida bo‘lishidir.
Shuningdek, kombinat mutaxassislari granula holatidagi mis mahsulotlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bozor talablarini o‘rganib, kelgusida boshqa rangli metallardan ham granulalar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Sotiladigan bu turdagi qimmatbaho metall bo‘yicha OKMK bilan hisob-kitoblar to‘lov kunidagi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksing narxi va Markaziy bank kursidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

