Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-05-08 17:35:00 / Yangiliklar
2026-yilning 8-may kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi janob Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida tog‘-kon sanoati hamda geologiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, tarmoq korxonalarida EITI (Extractive Industries Transparency Initiative – qazib oluvchi tarmoqlar shaffofligi tashabbusi) standartlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuvda joriy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Barqaror xomashyo qiymat zanjirlari bo‘yicha strategik sheriklik “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

