Ko‘kpatas–Oqjetpes hududida amalga oshirilayotgan atmogeokimyoviy tadqiqotlar haqida
2026-05-08 16:10:00 / Yangiliklar
“Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan hamkorlikda Ko‘kpatas–Oqjetpes hududida atmogeokimyoviy tadqiqotlarni olib bormoqda.

Tadqiqotlar institut mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, yopiq va murakkab geologik sharoitga ega hududlarda istiqbolli maydonlarni aniqlashga qaratilgan.
Dastlabki natijalar asosida oltinga istiqbolli pozitsiyalar belgilandi hamda burg‘ilash ishlari uchun maydonlar ajratildi.


