Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
2026-05-08 15:15:00 / E’lonlar
Joriy yilning 14–15-may kunlari Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Olmaliq KMK” AJ hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadbirning asosiy maqsadi — mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xususiy sektor va yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda tadbirkorlarni davlat xaridlari tizimiga kengroq jalb etishdan iborat.
✅ Ma’lumot uchun telefon raqamlari: +998945058505, +998978881001.
