O‘zbekistonda geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish: Jahon bankining roli
2024-07-12 17:10:00 / Yangiliklar

Geologik ma’lumotlar tabiiy resurslarni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish, xavflarni baholash va ekologik va geologik qarorlar qabul qilishda asosiy rol o‘ynaydi. Ular foydali qazilmalarni topishga, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlarni bashorat qilishga, tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlashga yordam beradi.
Jahon banki vakillari Remi Pelon va Fransisko Igualada geologik maʼlumotlarni raqamlashtirish holatini baholash maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Yig‘ilishda ikkita ilmiy-tadqiqot instituti: Mineral resurslar instituti (MRI) va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti (NGKGQI) faoliyati yaqindan namoyish etildi.
Geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish O‘zbekiston uchun muhim qadamdir. Jahon banki bilan birgalikdagi sa’y-harakatlar zamonaviy ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlashga yordam beradi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.




