Qashqadaryoda daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi
2026-05-06 16:15:00 / Yangiliklar

Tadbirkor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-14-son Farmoni talablariga zid ravishda amalga oshirgan.
Tadbirkor Qashqadaryo daryosi o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilganiga qaramay, 2025-yilning boshidan 18-avgustiga qadar kon hududidan tashqarida 11 727,57 metr kub qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olingan.
Inspeksiya inspektorlari va marksheyderlar ishtirokida o‘tkazilgan o‘lchovlar natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 308 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan. To‘plangan materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan “Q.S.X.” MChJ rahbari M.K. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganini bildirdi. Da’vogar tomon vakili zarar bartaraf etilgani sababli da’vosi yo‘qligini tasdiqladi. Natijada, Jinoyat kodeksining 66¹-moddaga asosan taraflar o‘zaro yarashgani sababli jinoyat ishi tugatildi. To‘langan mablag‘lar Inspeksiyaning maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishi belgilandi.
