O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
2026-05-05 16:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 5-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi tashkil etildi.

170 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar vakillari ishtirok etgan tadbirda, ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash hamda istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forumda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov mamlakatning geologik salohiyati, mineral resurs bazasi hamda sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida nutq so‘zladi.
Uchrashuvlar davomida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, texnologiya transferi hamda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






