Sugralidagi burg‘ilash ishlari davom etmoqda
2026-05-05 15:15:00 / Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Samarqand MGQE “Navoiyuran” davlat korxonasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Sugrali hududida geotexnologik quduqlarni burg‘ilash va ularni foydalanishga topshirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Burg‘ilash ekspeditsiyaning Uran partiyasi tomonidan amalga oshirilib, jarayonda zamonaviy burg‘ilash uskunalari va ilg‘or muhandislik yechimlari qo‘llanilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan har bir quduqning texnik holati, geologik xususiyatlari va ish samaradorligi nazorat qilib borilmoqda.




