Litogeokimyoviy namunalash ishlari amalga oshirilmoqda
2026-05-01 17:30:00 / Yangiliklar
Geologiya va geofizika instituti Ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan Chotqol tog‘larining Shabrez–Sargardon ma’danli maydonida litogeokimyoviy namunalash ishlari olib borilmoqda.

Tadqiqotlar davomida tog‘ jinslari va tuproq qoplamasidan olingan namunalar asosida elementlarning tarqalish qonuniyatlari o‘rganilib, hududning ma’danlashuv istiqboli baholanmoqda.



