Kon-geologiya vazirligi vakillari Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan tashkil qilingan konferensiyada ishtirok etishdi
2026-04-29 16:55:00 / Yangiliklar
Joriy yil 29-aprelda Toshkent shahrida birinchi marta Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Togʻ-kon sanoati va geologiya hamda tizimosti tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan 29-aprel Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb eʼlon qilingan.
Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kunini o‘tkazish taklifi ilk marta 2023-yil 16-mart kuni boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida davlatimiz rahbari tomonidan favqulodda vaziyatlar boʻyicha ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratilgan tashabbuslarda ilgari surilgan.







