Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-24 17:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazir o‘rinbosari U.Yusupov, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mas’ul xodimlari, bir qator tadbirkorlar, korxonalar vakillari ishtirok etishdi.
Qora metallurgiya sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i O.Mamatqulov tadbir ishtirokchilariga Qora va rangli metall parcha hamda chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibining joriy etilayotgani, bu boradagi kelgusi rejalar xususida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, ochiq muloqot davomida mavzu yuzasidan tadbirkorlar, OAV xodimlari, O‘zbekiston Metallurgiya Assotsiatsiyasi vakillarini qiziqtirgan savollarga vazirlik va boshqa idoralar mutasaddilari tomonidan javoblar, tushuntirish hamda izohlar berildi.









