Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi Ostona shahrida o‘tgan mintaqaviy ekologik sammitda ishtirok etdi
2026-04-24 16:15:00 / Yangiliklar

Sammit doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada “NKMK” AJ, “OKMK” AJ va “O‘zTMK” AJ tomonidan ekologik toza texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan hamda “yashil” iqtisodiyot talablariga javob beruvchi mahsulotlar namoyish etildi.
Korxonalarda barqaror rivojlanishni ta’minlash va ekologik mas’uliyatni kuchaytirish maqsadida ESG tamoyillari izchil joriy etilgani ta’kidlandi. Xususan, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bosqichma-bosqich o‘tish hamda yopiq suv aylanish tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdim qilindi.
Ko‘rgazma materiallari mamlakatimiz tog‘-kon sanoatida iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etayotganini namoyon etdi.




