GREEN14 va TASCA kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-04-23 17:10:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir oʻrinbosari R.Yusupov, tegishli bo‘linmalar rahbarlari hamda GREEN14 (Shvetsiya) va TASCA (Singapur) kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv “OKMK” AJ va “OʻzTMK” AJ sohadagi strategik loyihalarni boshlash va yangi texnologik yechimlarni joriy etish boʻyicha muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Shuningdek, tomonlar taqdim etilgan texnologik yechimlarni amaliyotga tatbiq etish va istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdilar.




