Germ Gold kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi
2026-04-22 17:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 22-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Germ Gold kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar bir-birlariga oʻz faoliyatlari hamda sohadagi ish tajribalari yuzasidan ma’lumot berdilar, shundan soʻng amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muloqot davomida tomonlar xomashyo taʼminoti tizimini takomillashtirish, qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish hamda sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.


