“INNOPROM. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasida bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
2026-04-21 15:40:00 / Yangiliklar
CAEx Uzbekistan majmuasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov boshchiligida MCC Tongsin va boshqa bir qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Xorij tomon vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib, kon-geologiya sohasida hamkorlik o‘rnatish hamda investitsiya loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Sanoat ko‘rgazmasi stendi oldida O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi o‘zgarishlar, mavjud loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muzokaralar so‘ngida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun “Yo‘l xaritasi” hamda aniq takliflar ishlab chiqishga kelishishdi.







