Kon-geologiya vazirligida Hisob palatasining vakili - bosh inspektor jamoaga tanishtirildi
2026-04-20 17:10:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-252-son Farmon asosan 2026-yil 1-apreldan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar eksperiment tariqasida davlat organlari va tashkilotlarida mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan taʼsirchan nazoratni olib borish maqsadida vazirlikning bir nafar boshqaruv shtat birligini qisqartirish hisobiga Hisob palatasi tuzilmasida bosh inspektor lavozimi joriy etilgani ta’kidlandi.
Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga Hisob palatasining vakili - bosh inspektor lavozimiga tayinlangan Muxammadiyev Gʻolibjon Xamzayevich jamoaga tanishtirildi.




