“O‘zbekko‘mir” AJ transformatsiya: xarid jarayonlari raqamlashtiriladi, ESG tamoyillari joriy qilinadi
2026-04-14 17:55:00 / Yangiliklar

Tahlil 2021–2024 yillar oralig‘idagi faoliyatni qamrab oldi. Jarayonda kompaniyaning xarid tizimi, ichki nazorat ishlari, hujjatlar bilan ishlash tartibi va axborot texnologiyalari holati o‘rganildi. Shuningdek, barcha jarayonlarning amaldagi qonunchilik talablariga mosligi, boshqaruv samaradorligi va nazorat tizimlarining ishlashi baholandi.
Tekshiruv natijasida “O‘zbekko‘mir” AJ uchun xarid jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, barcha ma’lumotlarni yagona tizimga jamlash, ichki nazorat va komplayens (qoidalarga rioya qilish) tizimini kuchaytirish, xarid jarayonlarini yanada shaffof hamda samarali qilishni ko‘zda tutuvchi aniq taklif va rejalar ishlab chiqildi.
Bundan tashqari “O‘zbekko‘mir” AJ tizimida xalqaro ESG (atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) tamoyillarini joriy etish borasida ham ishlar davom ettirilmoqda.
