GFU hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muasssasalari o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturlari haqida
2026-04-14 12:15:00 / E’lonlar
Geologiya fanlari universitetida hozirgi kunda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda kon-geologiya sohasi uchun xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida, qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilgan.

Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida tahsil olib, ikki diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilar hozirgi kunda Kon-geologiya vazirligi tasarrufidagi korxona hamda muassasalarda mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Hozirda universitetda quyidagi 5 ta qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan:
- M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti (TOP-100) 2+2 ikki diplomli “Geologiya” bakalavriat;
- Tomsk Davlat Universiteti (TOP-500) 1+1 ikki diplomli “Foydali qazilmalar geologiyasi” magistratura;
- TU Bergakademie Freiberg (TOP-100) – Montanuniversität Leoben (TOP-1000) 0,5+0,5+1,0 uch diplomli “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” magistratura;
- China University of Geosciences (TOP-10) 1+1 ikki diplomli “Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish” magistratura;
- Belarus Milliy Texnika Universiteti (TOP-1000) 1+1 ikki diplomli “Ekologiya” magistratura.
