Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari “Ochiqlik indeksi – 2025”da ijobiy baholandi
2026-04-13 12:55:00 / Yangiliklar
2025-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi e’lon qilindi. Bu yilgi baholashda 97 ta vazirlik, idora, muassasa va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Baholash jarayoni 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida amalga oshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 66 ta davlat organi “yashil”, 22 tasi “sariq” va 9 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi yildan yilgan Ochiqlik indeksidagi natijasini yaxshilab bormoqda, 2023-yilda 71,7, 2024-yilda 80,6 ball olingan bo‘lsa 2025-yilgi natija 86,6 ballni tashkil qilgan bu orqali reytingda eng yaxshi baholangan 11 ta vazirlik qatoriga kirdi.
Vazirlik tizimosti korxonalari orasida “NKMK” AJ 94,4 ball bilan umumiy ro‘yxatda 1-o‘rinda, “OKMK” AJ 93,3 ball bilan 4-o‘rinda, “O‘zmetkombinat” AJ (80,5) ham “yashil” samaradorlik ko‘rsatkichi qayd etgan.


