Buxoro viloyatida geologiya va energetika sohasidagi yirik loyihalar ijrosi o‘rganilmoqda
2026-04-10 17:55:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari U. Yusupov hamda Energetika vaziri oʻrinbosari U. Mamadaminov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyatini o‘rgandi.

Zavodda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish samaradorligi koʻzdan kechirildi va ishlab chiqarish jarayonlarining raqamlashtirilish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosarlari yosh mutaxassislarning startap gʻoyalari, takliflarini tingladi. Bir qator tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha ishlar belgilab olindi.




