Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-04-10 16:10:00 / Yangiliklar
2026-yil 9-aprel kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Energetika vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov hamda Energetika vaziri o'rinbosari U.Mamadaminov ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.






