Buxoro viloyatida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-09 17:50:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi axborot resurslar markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov hamda Energetika vaziri o'rinbosari U.Mamadaminov tuman yoshlari bilan muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining fikr-mulohazalari, muammolar yechimi bo‘yicha takliflarini tingladilar.
Yoshlarning iqtidorini namoyon qilish, ularning fikrlari asosidagi bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar belgilab olindi.





