Mineral resurslar instituti hamda Syensqo tadqiqot markazi o‘rtasidagi hamkorlik
2026-04-08 16:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 29-mart – 3-aprel kunlari Mineral resurslar instituti delegatsiyasi AQShning Stemford shahridagi Syensqo tadqiqot markazida xizmat safarida bo‘ldi. Ikki tashkilot vakillari murakkab uglerodli rudalar, kritik mineral xomashyolarni flotatsion usulda qayta ishlash bo‘yicha tajriba almashinuvi, yangi avlod reagentlari va boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Delegatsiya a’zolari flotatsiya jarayonlari, reagent tanlash va texnologik parametrlarni optimallashtirish bo‘yicha malaka oshirdi hamda zamonaviy usullar asosida amaliy sinovlarda ishtirok etdi.


