Geoscience & Exploration Central Asia: Yevrosiyo geologiyasi, resurslari va kelajagi xalqaro forumi haqida
2026-04-06 17:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 2–3-aprel kunlari Ostona shahrida mintaqa mamlakatlari davlat organlari, soha kompaniyalari va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlashtirgan “Geoscience & Exploration Central Asia: Yevrosiyo geologiyasi, resurslari va kelajagi” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Forumda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tadbirning birinchi kunida vazirlik delegatsiyasi sohani rivojlantirishning asosiy masalalariga bag‘ishlangan tematik sessiyalarda, jumladan, “Markaziy Osiyo mineral resurslari: strategiya va yangi marralar”, “Yer qa'ridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik: dolzarb masalalar” kabi yo‘nalishlarda hamda mintaqaning mineral-xomashyo bazasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqishga qaratilgan qator muhokamalarda ishtirok etdilar.







