Buxoro viloyatida yirik investitsiya loyihalari o‘rganildi
2026-04-06 17:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 6-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov, Energetika vaziri o‘rinbosari U. Mamadaminov hamda mutasaddi vakillar tomonidan Buxoro viloyatida tog‘-kon va energetika tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, “O‘zbekiston TMK” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan “Toshqazgan grafit konini o‘zlashtirish” hamda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi loyihalarining joriy holati ko‘zdan kechirildi.




