Navoiy viloyatidagi investitsiya loyihalari o‘rganildi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi
2026-04-04 15:15:00 / Yangiliklar
2025-yil 4-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Hukumat komissiyasi raisi J.Xodjayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Hukumat komissiyasi Ishchi guruhi tarkibida Kon geologiya vaziri oʻrinbosari U. Yusupov ham tarmoq boʻyicha Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va ularni amalga oshirishdagi muammoli masalalar bilan tanishdi.
Xususan “Oʻzbekiston TMK” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek “Sulfat kislotasi ishlab chiqarish zavodi” va “Navoiy KMK” AJ ning joriy yilda amalga oshirilayotgan jami 11 ta investitsiya loyihalari holati oʻrganildi.
Hukumat komissiyasi Ishchi guruhi va Navoiy viloyatidagi tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” shaklida uchrashuv tashkil etilib, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan koʻplab muammolarga aniq yechim va takliflar berildi.






