“Yashil makon”: rahbarlar va yoshlar birgalikda daraxt ko‘chatlari ekishdi
2026-04-02 14:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda tizimdagi tashkilotlar tomonidan hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning turli hududlarida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov hamda Geologiya fanlari universiteti rektori A.Kadirxodjayev Geologiya kampusidagi talaba yoshlar bilan muloqot qilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.







