“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-03-31 17:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 30-mart kuni Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport saroyida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari U.Yusupov hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ rahbariyati tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar bilan muloqot qilishdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar yosh mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, tadbir ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini tingladilar. Yoshlarning iqtidorini namoyon qilishlari, ularning fikrlari asosidagi bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.






