“Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
2026-03-30 17:25:00 / Yangiliklar
Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport saroyida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar xodimlari hamda yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari U. Yusupov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda soha korxona va tashkilotlari vakillari, mutaxassislar hamda yoshlar qatnashdi.
Musobaqada 21 ta korxona va tashkilotdan 48 ta jamoa ishtirok etib, bilim va mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha faxrli o‘rinlarni “NKMK” AJ jamoalari egalladi. Xususan, Shimoliy kon boshqarmasining “Alfa” jamoasi 1-o‘rinni, Markaziy kon boshqarmasi jamoasi 2-o‘rinni hamda Navoiy mashinasozlik zavodining “Impuls” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.







