“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati muhokama qilindi
2026-03-30 16:15:00 / Matbuot anjumanlari

Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul xodimlari, korxona rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda 2025-yilda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari haqida ma’lumot berildi. Xususan, 141 ta loyiha doirasida qator foydali qazilmalarga oid tadqiqotlar olib borilib, 20 ta loyiha yakuniga yetkazildi va aniqlangan zaxiralar davlat balansiga qabul qilindi.
Shuningdek, laboratoriyalar tomonidan 750 mingdan ortiq tahlillar bajarilib, ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Matbuot anjumanida 2026-yilda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar, jumladan, Markaziy Qizilqum hududida aerogeofizik tadqiqotlarni kengaytirish, yangi konlarni aniqlash hamda mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash yo‘nalishlari alohida ta’kidlandi.






