Navoiy shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-30 12:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 30-mart kuni Navoiy viloyati, Navoiy shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda vazir o‘rinbosari U. Yusupov, shuningdek, “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ mas’ullari ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Xususan, “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DKga ishga qabul qilinishi bo‘yicha murojaatlar yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
Ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.




