Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-03-28 16:15:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazirning o‘rinbosari U. Yusupov ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 30-mart kuni soat 9:00 da Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Inspektorlar ko‘chasi, 7-uy, “Navoiyuran” DK binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir. Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
