Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-27 16:50:00 / Yangiliklar
2026-yil 27-mart kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Unda vazir o‘rinbosari R. Yusupov, hududiy tashkilotlar mas’ullari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar joyning o‘zida hal etildi.
Shuningdek, yashash sharoitlarini yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.






