Ekspertlik xizmati uchun e’lon
2026-03-27 17:35:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston geologlari milliy qo‘mitasi” NTT fuqarolik huquqiy shartnomasi asosida Kitob Milliy geologiya tabiat bog‘ini UNESCO Global geoparklar tarmog‘iga nomzod sifatida tayyorlash bo‘yicha xorijiy ekspertning maslahat xizmatlari uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi.
Ekspert maslahatchiga qo‘yiladigan to‘liq talablar bilan quyidagi texnik topshiriq orqali tanishish mumkin.
Mazkur tanlovda ishtirok etish niyatida bo‘lganlar takliflarini 10 (o‘n) ish kuni davomida J.Azimov@mingeo.uz elektron manziliga yuborishi lozim.
