Integra Capital kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuv haqida
2026-03-26 17:50:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 26-mart kuni vazir o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Integra Capital kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmon tomonga O‘zbekiston Respublikasida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi hamda uning davlatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni, amaldagi qonunchilik va kelgusi rejalar haqida ma’lumotlar berildi.
Xorij tomoni kompaniya haqida ma’lumot berib, uning faoliyati, tog‘-kon hamda energetika loyihalarida katta tajribaga ega ekanligi haqida axborot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda bir qator loyihalarni o‘rganib chiqish, muhokama qilish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab olish masalalarini muhokama qilindi.



