Bekobod shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-03-26 14:10:00 / Yangiliklar

Unda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi B. Abdullaev hamda Bekobod shahri hokimi N. Baboev ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar va amaliy javoblar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, jumladan, ishga joylashtirish, sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq murojaatlar ijobiy yechim topdi.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilgan boshqa masalalar, xususan, yashash sharoitini yaxshilashga doir murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi, mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.






