“Geomonitoring” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi
2026-03-19 16:35:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Geomonitoring” axborot tizimini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ishlab chiqilgan qo‘shimcha texnik topshirig‘i asosida “Geomonitoring” axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha axborot tizimlarini ishlab chiqish sohasida ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha autsorsing o‘tkazish imkoniyati dastlabki o‘rganish ishlarini e’lon qiladi.
Takliflarni axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha xizmatlarni amalga oshiradigan, tegishli tajribaga ega bo‘lgan barcha manfaatdor tashkilotlar yuborishlari mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, texnik topshiriq asosida takliflarni 2026-yil 25-mart, soat 18:00gacha info@mingeo.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
