Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari umumxalq hasharida ishtirok etdilar
2026-03-14 12:30:00 / Yangiliklar
Joriy yil 13–14 mart kunlari butun Respublika bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq tashkil etilib, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda jamiyatda tozalik va o‘zaro yordam an’analarini mustahkamlashga qaratilgan.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari ham ushbu hasharda faol ishtirok etdilar. Hashar davomida vazirlik hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, daraxtlar oqlandi, ariqlar tozalandi hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha boshqa zarur ishlar bajarildi.
Bunday tadbirlar hududlarning sanitariya holatini yanada yaxshilash, tozalik madaniyatini shakllantirish va jamoaviy mehnat an’analarini mustahkamlashga xizmat qiladi.









